SHu jumladan, 2021 yil laureatlarini aniqlash uchun nomzodlar ham elon qilindi. Unga ko’ra, O’zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi nominaciyasida nomzodlar 10ligiga kiritildi. Futzalimiz tarixida faqatgina 2012 yilda afsonaviy darvozabonimiz Rustam Umarov yilning eng yaxshi darvozaboni bo’lish uchun yakuniy nomzodlar 10ligidan joy olgan edi. O’zbekistonlik murabbiy tarixda ilk bor eng yaxshilar o’nligidan joy oldi.
Ushbu ro’yxatdan eng yaxshilarni maxsus xalqaro ekspertlar aniqlashadi.
"Futsalplanet Awards-2021"
Yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi bo’lish uchun nomzodlar:
Marian Berki (Slovakiya), Slovakiya terma jamoasi
Bahodir Ahmedov (O’zbekiston), O’zbekiston terma jamoasi
Bruno Garsiya (Ispaniya), Yaponiya terma jamoasi
Hisham Dguig (Marokash), Marokash terma jamoasi
Freddi Gonsalez Barrera (Venesuela), Venesuela terma jamoasi
Xorxe Gomes Braz (Portugaliya), Portugaliya terma jamoasi
Paulo Rikardo Kaka (Braziliya), Qozog’iston terma jamoasi
Ivo Krezo (Bosniya va Gercegovina), Bosniya va Gercegovina terma jamoasi
Matias Raul Lukuiks (Argentina), Argentina terma jamoasi
Muhammad Nazemasharieh (Eron), Eron terma jamoasi
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston futzal terma jamoasi Bahodir Ahmedov boshchiligida 2021 yil Litvada bo’lib o’tgan mundialning "A" guruhida Rossiyadan so’ng ikkinchi o’rinni band etib pley-offga yo’l olgan. Nimchorak finalda esa Eronga 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ygan edi.