Futbol

Germaniya chempionatida mavsum o’z nihoyasiga etdi.

375



Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

⚡️ Xoland va Levandovskisiz qolayotgan Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsum yakunlari (batafsil tahlil)

Teglar : 
Robert Levandovski Erling XolandBundesliga 2021/22
Germaniya chempionatida mavsum o’z nihoyasiga etdi.

“Bavariya” qatorasiga 10-marotaba (top-5 ligalaridagi rekord) va o’z tarixida 32-bora Germaniya chempionligini qo’lga kiritdi. Myunxenliklar “Borussiya D”, “Bayer” hamda ”RB Leypcig” bilan birga keyingi mavsum CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

“Union Berlin”, “Frayburg” Evropa ligasiga yo’l olgan bo’lsa, “Kyoln” Konferenciyalar ligasida qatnashadi.

“Groyter Fyurt” va “Arminiya” quyi divizionga tushib ketdi. "Gerta" esa musobaqada qolish uchun pley-off bahsida ishtirok etadi. Ularga Bundesliga 2'da uchinchi bo’lgan jamoa raqiblik qiladi. O’tish o’yinlari esa 19 va 23 may sanalarida o’tkaziladi.

YAKUNIY JADVAL

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Bundesliga 2'dan “SHalke 04” yuqori elitaga qaytgani haqida xabar bergandik. 2-yo’llanma esa bugun bo’lib o’tadigan 34-tur bahslaridan keyin malum bo’ladi. Taqvim bilan tanishing:
Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

BUNDESLIGA 2 JADVALI

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Malumot o’rnida, oxirgi tur oldidan “Ercgebirge Aue” hamda “Ingolshtadt” 3-ligaga ravona bo’lgani aniq bo’lib ulgurgan. 16-o’rindagi “Dinamo Drezden” esa “Kayzerslautern” bilan 20 va 24 may kuni bo’lib o’tadigan o’tish uchrashuvida qatnashadi. Avvalroq, “Magdeburg” va “Ayntraxt B” Bundesliga 2'ga ko’tarilgandi.

Hisob bo’yicha 59-marotaba o’tkazilgan Germaniya oliy divizionida “Bavariya” forvardi Robert Levandovski 34 o’yinda 35 ta gol urib, to’purar bo’ldi. U bunday nomga 7-marotaba erishib, Gerd Myullerning rekordini takrorladi. To’purarlar jadvalida undan keyingi o’rinlardan esa “Bayer” hujumchisi Patrik SHik (24 gol) hamda “Borussiya D” futbolchisi Erling Xoland (22) joy oldi.

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Ko’pchiligimizga tanish bo’lgan Sardor Azmun esa mavsum yarmidan “Bayer”ga kelib qo’shildi va chempionatda 9 o’yinda qatnashib, 1+1 natija ko’rsatdi. U malum muddat jarohatidan davolanishiga ham to’g’ri keldi.

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Darvoqe, Levandovski “Volfsburg”ga (2:2) qarshi mavsumning so’nggi o’yinidan keyin myunxenliklar safidagi oxirgi uchrashuvini o’tkazgani haqida aytib o’tdi. U faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi haqida gap-so’zlar tarqalgan. Bundesliganing boshqa bir yulduzi Xoland esa “Manchester Siti”ga yo’l olmoqda. 21 yoshli futbolchi dortmundliklar libosida 89 o’yinda 86 ta gol urdi va 23 pasni o’z hisobiga yozdirdi. Uni mana shunday kuzatib qo’yishdi:
Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Germaniya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida Tomas Myuller (18 pas) eng yaxshi assistent sifatida qayd etildi. Kristofer Nkunku ("RB Leypcig", 13 assist) va Marko Roys (“Borussiya D”, 12) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Oxirgi tur oldidan autsayderlar qatorida bo’lgan “SHtutgart” esa “Kyoln”ni 90+2-daqiqada Vataru Endoning goli evaziga mag’lub (2:1) etib, Bundesligada jon saqlab qoldi va o’z muxlislariga fantastik emociyalarni taqdim etdi:

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

Eslatib o’tamiz, Bundesliganing yangi mavsumi 5 avgustda start oladi va 2023 yil 27 may kuni o’z nihoyasiga etadi.

Musobaqada eng ko’p titulni qo’lga kiritgan jamoalar:

1. “Bavariya” – 32 ta;

2. “Nyurnberg” – 9;

3. “Borussiya D” – 8;

4. “SHalke 04” – 7;

5-6. “Gamburg”, “SHtutgart” – 5 tadan.

Boshqa statistik malumotlar:

*mavsum davomida 306 o’yinda 954 ta gol urildi (o’rtacha 3,12);

*uydagi eng yirik g’alaba – “Bavariya” 7:0 “Boxum”;

*safardagi eng yirik g’alaba – “Borussiya M” 0:6 “Frayburg”;

*eng sermahsul o’yin – “Groyter Fyurt” 3:6 “Xoffenxaym”;

*eng ko’p muxlis tashrif buyurgan o’yin – “Borussiya D” 1:4 “RB Leypcig” (81,365 tomoshabin);

*gol+pas sistemasi bo’yicha eng yaxshi bo’lgan futbolchi – Robert Levandovski (35+3)

*eng ko’p (10tadan) “quruq” o’yin o’tkazgan kiperlar – Robin Centner (“Maync”), Manuel Noyer (“Bavariya”), Mark Flekken (Frayburg), Kun Kastels (“Volfsburg”);

*maygacha oy futbolchisi sovrinini eng ko’p (4ta) qo’lga kiritgan o’yinchi – Kristofer Nkunku (“RB Leypcig”).

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.
			Muallif : Eldor Akmurzayev

Fikr bildirish