30 yoshli franciyalik futbolchi turnir tarixida bitta o’yinda dubl qayd etgan va qizil kartochka olgan ilk o’yinchiga aylandi.
Grizmann “Liverpul”ning ikki goliga birinchi taymdayoq dubli bilan javob berdi, ammo 52-daqiqada to’g’ridan-to’g’ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
“Liverpul” esa 78-daqiqada Salahning penaltidan urgan goli evaziga g’alabaga erishdi.