Boks/MMA

Gruziyalik UFC jangchisi Liana Jojua 21 avgustga belgilangan jangida ishtirok eta olmaydigan bo’ldi.

190

Bunga Liananing o’z vaqtida AQSH vizasini ololmagani sabab bo’lgan. Jojua 21 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o’tkaziladigan UFC Fight Night turnirida amerikalik Kortni Keysivga qarshi oktagonga ko’tarilishi lozim edi. 

“21 avgust kungi jangim viza muammosi sabab o’tkazilmaydi. Bu jang keyingi turnirga ko’chiriladi. Yangiliklarni kuting. Viza muammosi bilan qolgan ayrim jangchilar ham to’qnash kelishdi”, – deya o’zining Instagram sahifasida xabar bergan Jojua.

Malumot uchun, 26 yoshli Liana Jojua 2015 yildan beri MMAda o’z janglarini o’tkazib keladi. Hozircha oxirgi jangini 2020 yilning oktyabr oyida Miranda Maverikka qarshi o’tkazib, mag’lubiyatga uchragan edi. Uning hisobida 8 g’alaba va 4 mag’lubiyat bor. 

Fikr bildirish