Futbol

Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo’lladi.

217



Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo'lladi.

Leonardo Spinaccola final oldidan Italiyaga tasirli maktub yozdi

Teglar : 
ItaliyaLeonardo SpinaccolaEvro-2020
Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo’lladi.

Xabaringiz bor, bugun Evro-2020 final uchrashuvida Italiya termasi bosh sovrin uchun Angliyaga qarshi maydonga tushadi. 

Nominal mezbon "Skuadra Adzurra" himoyachisi Leonardo Spinaccola ushbu bellashuv oldidan fikrlari bilan o’rtoqlashdi. 

"Agar o’sha vaziyatga, o’sha daqiqalarga yana qaytish imkoniyatim bo’lganida, men baribir to’pga bor kuchim bilan intilgan bo’lardim. Yana yuz marta bu ishni qilaverardim, agar shu orqali raqibni bir metrga ortda qoldirolsam, agar shu ishim orqali o’yin taqdirini jamoam tomonga o’zgartira olsam. Bunda olamshumul hech nima yo’q, shunchaki bizda qoidalar shunday – sen faqatgina jamoadoshlaring va terma uchun boringni bera olsanggina, sarguzashtning oxiriga etib borasan.

Jarohat meni maydondan chiqarib yubordi, endi men o’yindan "tashqarida"man. Biroq jamoadan chetga chiqib qolganim yo’q. Mening endigina uch yoshga to’lgan o’g’lim Mattia bugun dadasi uyda, divanda bemalol yota olmasligini tushundi.

Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo'lladi.
Hayajondaman, buni yashirmayman. Men Londonga uchadigan samolyot bortiga chiqqanimda, huddi qayta tug’ilgandek bo’ldim. Oradan bir necha soat o’tib men maydonda do’stlarim bilan, tribunalarda esa – butun mamlakat bilan birga bo’laman. Barchasi biroz yaxshiroq bo’lishi mumkin edi, ammo bundan ham yomonroq vaziyat bo’lishi ham mumkin edi

"Uembli"da bizni Evropa chempionatining oxirgi jangi kutmoqda. Bu musobaqani men bir umrga eslab qolaman. "Olimpiko"dagi sexrli kechalardan tortib, safardagi murakkab bellashuvlargacha – biz og’ir va jiddiy yo’lni bosib o’tdik. Mening misolimda esa bu yo’l yana bir necha kilometr ko’proq bo’ldi – jarrohlik muolajasi uchun Finlyandiyaga uchib borib-kelishga to’g’ri keldi. Lekin endi men tayyorman. Hali ko’p narsa bera olishimni sezyapman. Bir necha oy o’tib, safga, qanotga qaytaman. Bugun esa barchamiz birgalikda maqsad sari intilamiz!

Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo'lladi.
Men, Brayan Kristante – jarohatdan keyin birinchi bo’lib yonimga etib kelgan va meni yupatgan inson, – bugun meni ko’nglimdanda muhimroq bir narsani boshi uzra ko’tarishiga, umid qilaman. Forca adzurri!".


Nozima Zaripova tarjimasi

Fikr bildirish