Hindistonning Goa shtati fan va texnologiyalar vaziri Mixael Lobo “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronalduning sharafiga haykal o‘rnatilganini ma’lum qildi.
“Futbolga bo‘lgan muhabbat va yoshlarimizning iltimosiga ko‘ra, istirohat bog‘iga Krishtianu Ronalduning haykalini o‘rnatdik. U yoshlarimizni futbolni yangi cho‘qqiga olib chiqishga undash maqsadida tashkil etildi”, — deb yozadi Lobo o‘zining “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida.
36 yoshli Ronaldu 2021 yilning avgust oyida Turinning “Yuventus” klubidan “Manchester Yunayted”ga 15 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.