Angliyalik futbolchi Ian Rayt Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Kecha portugaliyalik futbolchi APL 33-turidan o‘rin olgan «Norvich»ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trik qayd etdi.
«Agar «Manchester Yunayted»da Ronaldu bo‘lmaganida, ular turnir jadvalidagi 5-o‘ringa yaqin ham kela olmasdi. Buning uchun unga rahmat aytish kerak.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» darvozasiga ikki bor to‘p kiritgan «Norvich»ni ham alohida e’tirof etish kerak. Agar «Yunayted» «Liverpul» bilan shunday o‘ynasa, ular shunchaki parchalanib ketishadi», – dedi «Arsenal» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi.
Joriy mavsumda 37 yoshli forvard klub safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol va 3 golga assistentlik qilgan.
«Manchester Yunayted» ayni damda APL turnir jadvalida 4-o‘rindan 3 ochko ortda qolib, 5-o‘rinda bormoqda.