“So’g’diyona”. Nega SHohruz Norxonovning gollari kamaydi?
Teglar :
“So’g’diyona” Mashal SHohruz Norxonov
Ijodiy jamoamiz bilan Qashqadaryo viloyatida bo’lib turibmiz.
Ulug’bek Baqoev boshchiligidagi "So’g’diyona" 21 sentyabr kuni "Mashal" mehmoni bo’ldi (0:0).
Mash’al
|
Superliga. 19-tur 21/09/2021, 16:30 0 0 Tugadi |
So'g'diyona
|
45′
90′
46′ Zafarbek Akramov70′ Oybek Nurmatov (Ifeanyi Ifeanyi)77′ Ifeanyi Ifeanyi84′ Zafarbek Akramov (Abbos Shodmonov)84′ Muhammadali YUldashev (Qahramon Bahodirov)88′ Samuel Ononivu (Ruslan Xojiyev)88′ Shahzod Shaymanov (Ibe Michel Okoro)18′ Iskandar SHaykulov55′ Bahodir Nasimov (Jasur Hasanov O)73′ Daniel Nasriddinov (Darko Stanoyevich)87′ SHahboz Jo'rabekov (Ergash Ismoilov)90′ Elyor Orifov
Match-senterda ochish
Muborakdagi o’yin yakunida jizzaxliklar etakchisi SHohruz Norxonovning fikrlariga quloq tutdik.
— "Mashal" bilan durang. O’yin qanchalik qiyin bo’ldi?
— Ikkala jamoaga ham 3 ochko kerak bo’lgani uchun bugungi o’yin qiyin bo’lishini bilardik. Havo harorati ham yuqori edi, o’yinlar barvaqt o’tkazilyapti. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Lekin o’yin durangga mos emasdi, deb ham aytolmayman. Futbolda har 1 ochko juda muhim. Agar u safarda qo’lga kiritilsa, qiymati yanada oshadi.
— Raqibning maydondagi o’yini haqida nima deya olasiz?
— "Mashal" himoyaga ixtisoslashgan yaxshi jamoa. SHunday bo’lsa-da, bugun oldingi chiziqda ko’plab vaziyatlar yuzaga keltirdi. Raqib faqat g’alaba uchun o’ynadi, chunki ular Superligada qolish uchun harakat qilishmoqda.
— Birinchi davradagi o’yinda ham kuchlar teng kelgandi…
— Ha, o’sha uchrashuv biz uchun juda alamli bo’lgandi. Jizzaxdagi o’yinda 2 to’p farqi bilan oldinga chiqib olib, oxirgi daqiqalarda gol o’tkazib yuborgandik. Bugun ham durang qayd etildi.
— Norxonov Superligadagi eng oldi markaziy hujumchilardan hisoblanadi. Lekin uni tez-tez qanotlarda ham ko’ramiz. Murabbiy bugun ham uchrashuv avvalida sizni chap qanot vingeri sifatida maydonga chiqardi. O’zingiz uchun qaysi poziciya nisbatan qulayroq?
— Murabbiylar qaerda ko’rishni istasa, o’sha nuqtada o’ynayveraman. Oldin ham yarim himoyada o’ynaganman. Rosti, poziciya tanlamayman, qanotlar ham juda qulay.
— Mavsumni ko’tarinki ruhda boshlagandingiz. Lekin yoz kelishi bilan gollaringiz soni kamayib ketdi. Bu nima bilan bog’liq? Balki, Ulug’bek Baqoevning o’yin uslubiga mos kelmayotgandirsiz…
— Yo’q, jamoaning o’yini yaxshi shakllangan. Murabbiy har bir futbolchi bilan taktika ustida alohida ishlaydi. Gollarim kamayib ketganiga faqat o’zim aybdor bo’lsam kerak. Murabbiy yoki jamoadoshlarimda hech qanday ayb yo’q.
Bu holat o’zim uchun ham juda yoqimsiz, shu tufayli ustimda ishlashdan to’xtab qolganim yo’q.
— Saytimizda "So’g’diyona"ning o’yini tahlil qilingan maqola elon qilingan kunning ertasiga ko’rishgandik. O’shanda menga nisbatan etiroz bildirgandingiz. Keling, hozir aniq faktlarga etibor qaratamiz. Jamoa so’nggi 10 o’yinda (Superliga doirasidagi) 4 ta gol urdi. Bu qanchalik qoniqarli natija?
— Albatta, yaxshi natija emas…
— Bu jamoa ichidagi muhitga tasir qilmayaptimi. Bilamiz, maydonga har doim jangovar ruhda tushasizlar. Ayni paytda uning tashqarisida vaziyat qanday? — Yo’q, ichki muhit yaxshi. Gol urolmayotganimiz hujumchilarga bog’liq bo’lsa kerak (kuladi). Har doim forvardlar gol ursagina jamoa zafar quchadi. To’g’ri, oxirgi turlarda kam gol uryapmiz. Lekin har bir ochko uchun bor kuchimiz bilan kurashyapmiz. Bu mavsum oxiriga qadar davom etadi. Har bir o’yin biz uchun finalga teng. Oxirigacha kurashamiz va taslim bo’lmaymiz.
— Oldingi gal suhbatlashganimizda har turda hakamlarga qarshi o’ynashga to’g’ri kelyapti, degan manoda bir fikr bildirgandingiz. Asos sifatida "So’g’diyona" jangovar jamoa ekani, ammo referilarning yakkakurashlarga jiddiy munosabat bildirishini keltirgansiz. Bugungi hakamlikka nisbatan etiroz yo’qmi? — Yo’q. Bugungi o’yinni boshqargan Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ajoyib tarzda ishladi. Elkama-elka kurashlarga qo’yib berishdi. CHunki "Mashal" ham biz kabi agressiv ruhda o’ynaydigan jamoa. Boshqa klublarga qarshi esa bizning uslubimiz ajralib qoladi va hakamlar har bir epizodga jiddiy munosabat bildirib, bizga nisbatan qattiqqo’lroq bo’lishadi.
— Maydonni zambil yordamida tark etgan Daniel Nasriddinov ahvoli yaxshimi? Bu haqda malumot oldingizmi? — Yo’q, hozircha bu borada hech narsa bilmayman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo’ladi.
"SHavkat "molodec", klubdan faqat nom qolgan" — Usmon Toshev
Muallif : Faxriddin Ro’ziyev