Boks/MMA

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o’zining musulmon do’stlari va muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

187

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi musulmonlarni oylarning sultoni – Ramazon bilan muborakbod etdi.

“Barcha musulmon do’stlarim va muxlislarimga buyuk Ramazon oyi muborak bo’lsin. Abu-Dabi va Dubay sehrli diyor, men oilam bilan bu erda o’tkazadigan har bir kunimni qadrlayman. SHaxsan menga mashg’ulot va sayyohat uchun eng yaxshi joy. Odamlari va hayot tarzi umuman boshqacha”, – deya o’zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tabriknoma qoldirgan Konor. 

Takidlash joiz, avvallari Makgregor Xabib Nurmagomedov bilan ziddiyatida ko’p bor islom diniga, xususan Xabibning etiqodiga nisbatan  haqoratli harakatlarni amalga oshirgandi. Matbuot anjumanlarida Xabibga o’z brendi ostida chiqariladigan viski ichishni taklif qilardi. 

Fikr bildirish