O’zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati yoshlar terma jamoasi murabbiyi Olim Muhammedovning musobaqa haqidagi qisqa fikrlari bilan qiziqdi.
“Hozirga kelib yoshlar o’rtasidagi bahslarning chorak final bosqichi yakunlangan. 11 mart kuni yigitlarimiz final yo’llanmasi uchun ringga ko’tarilishadi. Oltin medal uchun kurashda biz uchun Hindiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston kabi mamlakat bokschilari asosiy raqib bo’lishi kutilmoqda.
Umuman olganda, har bir raqibga etibor berib, jiddiy yondoshishimiz talab etiladi. Tayyorgarlikni ham shunga yarasha olib boryapmiz. 13 ta vazn toifasidan 12 tasida O’zbekiston yoshlari yarim finalga chiqishgan. Endi yarim finalda bor imkoniyatimizni ishga solib, maksimal natijani qayd etishga harakat qilamiz”, – dedi Muhammedov.