Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan 17 yoshli grossmeysterimiz Prezident farmoniga ko‘ra mukofotga loyiq ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo‘nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.