«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum so‘ngida amaldagi jamoasini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida bir nechta klub rahbarlari portugaliyalik hujumchini jamoadan ketishi istagini bildirishgan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorni «Manchester Yunayted» egasi Joel Gleyzer qabul qiladi.
Transfermarkt Ronalduni 35 million yevroga baholamoqda. Krishtianu joriy mavsumda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi.