Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi bo‘lgan model Jorjina Rodriges turmush o‘rtog‘ining navbatdagi mukofoti haqida gapirdi. Hujumchi xalqaro miqyosdagi to‘purarlar rekordi uchun FIFAning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“FIFAning maxsus mukofoti. Tarixdagi eng ko‘p gol muallifi. Alloh taolo sizni barakali qilsin. Bizga bergan barcha xursandchiligiz uchun rahmat. Siz bizga maqsadlilik nima ekanligini o‘rgatasiz. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz”, – deydi Rodriges instagram sahifasida.
Ronaldu o‘tgan yili terma jamoalar safidagi gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi. Uning hisobida 115 ta gol bor. Avvalgi rekordchi eronlik Ali Dayi 109 ta gol urgan.