Boks/MMA

Kaliforniyalik 66 yoshli muxlis tug’ilgan kunida Xabib Nurmagomedov bilan suratga tushishni orzu qilgan va u kutganidan ham ko’prog’iga erishdi.

232

Las-Vegasdagi UFC ofisi yaqinida 40 daraja issiqda turgan keksa ayolni Islam Maxachev payqab qoldi, amerikalik ayol sevimli jangchisi bilan uchrashuv tashkil qilishni iltimos qildi.

“Men uni juda yaxshi ko’raman va u bilan shaxsan uchrashishni istayman”, dedi ayol Maxachevga. “Agar chipta sotib olsam, shanba kuni sizning jangingizga kelaman. Men sizlarni, bu rus mafiyangizni yaxshi ko’raman. Sizlar menga ilhom berasizlar”.

SHundan so’ng, ayolni UFC prezidenti Dana Uayt kutib oldi.

“Tanishganimdan xursandman. Xabib bilan uchrashuv tashkil qilaman. Men uning ish jadvalini bilib olaman va siz bilan bog’lanaman Ushbu dam olish kunlari nima qilasiz? Bizning janglarimizga kelishni xohlaysizmi?” – deya Xabib bilan uchrashtirishni vada berdi tashkilot rahbari keksa muxlisga.

Biroz vaqt o’tgach, tashkilotning asosiy matchmekeri Mik Maynard rossiyalik jangchi nafaqat keksa muxlis bilan uchrashganligini, balki uni o’z uyida qabul qilgani aks etgan fotosuratni joylashtirdi va UFC prezidenti Xabib Nurmagomedov va Facetime’dagi ayol bilan bog’lanib, shaxsan o’zi uning vadasi bajarilganligiga ishonch hosil qildi.

Fikr bildirish