Tennis

Karolina Plishkovani final ostonasida to’xtatishdi

29

CHexiyalik raketka ustasi 1 soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingining 81-pog’onasidan joy olgan sloveniyalik Kayya Yuvanga imkoniyatni boy berib qo’ydi – 2/6, 5/7.

Karolina bitta, Kayya esa to’rtta breykni amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham ikkitadan eys zarbani ijro etgan. Bu ularning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Yuvan bugun bosh sovrin uchun germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi. 

Fikr bildirish