Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi Bellator 277 turniri jangchilari uchun to’langan gonorarlar summasini oshkor qildi. Kutilganidek, oqshomning markaziy jangi ishtirokchilari qolganlarga qaraganda ko’proq “loy”ga ega bo’lishdi.
Yarim engil vazn toifasida o’zaro ikkinchi marotaba to’qnash kelgan Patrisio Freyre va Ey Jey Makki bankdagi hisoblarini 250 000 dollarga boyitib olishdi. Aynan shuncha pulni yarimog’ir vaznda Gran-pri finalchisi Kori Anderson ham qo’lga kiritgan.
Qizig’i, chempion sifatida Kori Andersonga qarshi oktagonga ko’tarilgan rossiyalik Vadim Nemkov $80 000 gonorar bilan kifoyalandi. Olti xonali gonorarga og’ir vaznli Linton Vassell ham ega chiqqan. U bonus bilan qo’shib hisoblaganda 138 000 dollar ishlab oldi.