Kechaning markaziy jangida sobiq qalin do’stlar, biroq hozirda dushmanga aylangan Kolbi Kovington va Xorxe Masvidal oktagonga ko’tariladi. Hozirgina jangchilar vazn o’lchash marosimida ishtirok etdi.
Yarimo’rta vazn reytingining birinchi raqamli jangchisi Kolbi Kovington 170,5 funt (77,3 kg) vazn ko’rsatdi. Uning raqibi ham 170,5 funt (77,3 kg) vazn ko’rsatdi.
Demak jang o’z kuchida. Yakshanba tongi qaynoq bo’lishi aniq!