Levandovski yangi jamoasiga hozirdan sodiqlik namoyish qilmoqda
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski o‘zining transferi borasida faqat “Barselona” rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, polshalik futbolchi uchun Kataloniya klubiga o‘tish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu sabab u boshqa klublar bilan muzokara olib bormaydi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2014 yilda Dortmundning “Borussiya”sidan “Bavariya”ga o‘tgan edi. 33 yoshli polshalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. Robert joriy mavsumda Bundesligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.