Futbol

Levandovskining agenti mijozini ikki klubga taklif qilgan

188

“Bavariya” hali hujumchi Robert Levandovski bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaganicha yo‘q, deb yozmoqda jurnalist Kristian Falk.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli polyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi o‘z mijozi bilan shartnoma imzolashni “Barselona” va “PSJ”ga taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Myunxen klubi rahbariyati agentning qilmishidan xabardor va bunga jiddiy yondashadi.

Joriy mavsumda Levandovski “Bavariya” safida 37 o‘yinda 45 ta gol urdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikr bildirish