«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh avtohalokatga uchradi, deb xabar beradi Evening Standard.
Manbaga ko‘ra, voqea bugun ertalab sodir bo‘lgan. Fernandesh va halokatga aloqador boshqa shaxslar jiddiy jarohat olmagan. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi «qizil iblislar»ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Ertaga, 19 aprel kuni «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
27 yoshli Bruno Fernandesh joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.