Boks/MMA

Mahmud Muradov MPL 3 turniri haqidagi savollarimizga javob berdi.

309

27 fevral kuni MPL tomonidan uchinchi MMA oqshomi o’tkazildi. Liga asoschisi Mahmud Muradov turnir haqidagi ayrim savollarimizga javob berdi.

«Turnir ko’ngildagidek o’tdi. Avvaliga, hatto arenaning ayrim sektorlariga muxlislarni kiritishni reja qilmagandik. Lekin mana, ko’rib turganingizdek, butun arena muxlislar bilan to’ldi. Asosiy jang g’olibi uchun shaxsan o’zim va homiylarimiz nomidan «Spark» avtomobili berildi.

Keyingi turnimizni mart-may oylariga rejalashtiryapmiz va bu Toshkentda bo’lmaydi. Toshkentdan uzoqlashamiz. Qaerda bo’lishi hozircha malum emas. Variantlar ko’p – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy. Lekin ko’p hududlarda arena yo’q. Ko’ryapsiz, tomosha qilish uchun ko’p odam keldi. Ming nafar muxlisga mo’ljallangan sport majmuasi kichkinalik qiladi. Keyinroq turnirlarimizni yozgi sport arenalarida o’tkazamiz.

MPL turnirlarida qachon ayollar ishtirok etadi? Qachonki, O’zbekistonda ayollar MMA’si Qozog’iston, Rossiya yoki Evropadagi kabi rivojlansa. Bizning 30 yoki 50-turnirimizda ishtirok etishlari mumkin(kuladi). 

Umar Karimov (O’zbekiston) – Altinbek Ashimbekov (Qirg’iziston)janggi haqida qanday fikrdaman? Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. O’zim ham ko’rdim u yutqazdi. Lekin tan olmadi. Hali video qayta ko’riladi. Instagramga ham qo’yamiz, hamma uning engilganini ko’radi

Tribunaga qarang, 5 yil oldin janglarni tomosha qilish uchun shuncha odam kelganmidi? Yo’q. MMA umuman yo’q edi. Allohga shukur, bugun bizning shunday ligamiz bor, Prezidentimiz, Otabek Muhammadalievich bizga shunday sharoitlar yaratib beryaptilar. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Biz hozir yoshlarga etibor beryapmiz, ularga motivaciya bo’lishi uchun. Biz hammaga imkoniyat beramiz», – dedi liga prezidenti Mahmud Muradov.

Fikr bildirish