Futbol

“Manchester Siti” Xoland uchun dahshatli shartnoma taklif qildi

164

“Manchester Siti” Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy hujumchisi Erling Xoland uchun jiddiy kurash olib bormoqda. “Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola uzoq vaqtdan beri yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Mutaxassisning fikricha, braziliyalik Gabriel Jezus hujumlarni yakunlovchi rolini bajara olmayapti.

“Todofichajes”nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” rahbariyati allaqachon qat’iy qaror qabul qilgan va norvegiyalikning agenti Mino Rayola bilan bog‘langan. Angliya chempioni hujumchiga yillik 25 million yevro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qildi. Agar kelishuv amalga oshsa, Xoland Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.

“Real Madrid” Erling bo‘yicha “Manchester Siti”ning asosiy raqibi sanaladi.

Fikr bildirish