Argentinalik Lionel Messi va braziliyalik Neymarning “PSJ”dagi keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi.
ESPN xabariga ko‘ra, ikkala yulduz ham keyingi mavsumda Parijda qoladi. Klub rahbariyati Messidan yangi chempionatga to‘liq moslasha olishi va uning ikkinchi mavsumi birinchisiga qaraganda ancha yorqinroq bo‘lishini kutmoqda.
Neymarga kelsak, «PSJ» braziliyalik hujumchining o‘yinidan unchalik mamnun emas, lekin uni o‘zida saqlab qoladi, chunki unga xaridor topilishi dargumon.