Bu haqida Bellator rahbari Skott Koker malum qildi.
“Agar Beyder Moldavskini mag’lub etadigan bo’lsa, Fedor Emelyanenko Rayanga qarshi revansh o’tkazmoqchi. Barchasi shu jangga bog’liq”, – deb fikr bildirgan Koker.
Eslatib o’tamiz, Fedor Emelyanenko katta ehtimol bilan MMAdagi so’nggi jangini 2022 yilning yozida Moskvada o’tkazadi.
Malumot uchun, Emelyanenko va Beyder o’rtasidagi ilk jang 2019 yilda bo’lib o’tgan va o’shanda “So’nggi Imperator” ilk raundda mag’lub bo’lgan.