“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Yuventus”ga qarshi o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, bu o‘yinda uning futbolchilari so‘nggi 7 daqiqada ikki to‘p farqini o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradi (3:4).
“Biz taktik jihatdan yaxshi harakat qildik, 70 daqiqa davomida ajoyib o‘yin bo‘ldi. Keyin jamoada psixologik inqiroz yuz berdi. Bu meni qiynab kelmoqda, bu yil kuchli raqiblar bilan bellashishimiz qiyin. Jamoada shunchaki, maydonda hissiyotlarni boshqarishni biladigan futbolchilar yetishmayapti. Afena-Gyan o‘rniga Shomurodovni tushirganimizdan so‘ng, jamoa tushunarsiz o‘yin ko‘rsatdi va darhol gol o‘tkazib yubordik. Men futbolchilar mentalitetiga moslashmasligim kerak, aksincha ularning mening yo‘nalishimga tushishlari kerak”, – deya Mourino so‘zlaridan keltiradi jurnalist Janluka di Marsio.