Instagram ijtimoiy tarmog’ida MMAchimiz SHohasan Mirzamatovni qirg’izistonlik Edil Emilbekov jangga chorladi.
«SHohasan, hurmatga loyiqsan, kel o’rtacha 20 000 dollar topamiz. G’olib hammasini oladi. Ushbu pulni tikishda menga yordam beradigan akam bor. Ko’rinishidan senda ham Mahmud Muradov bor. Men Maksim Soroka yoki qariya braziliyalik emasman. Fight Matrix reyingida 103 o’rindaman, sen esa 638. Biz jangchilarmiz va shon-sharaf uchun kurashamiz. Kim g’olib bo’lishidan qati nazar ikkimiz ham olqishga loyiq bo’lamiz», – deya Mirzamatovni jangga chorladi.
Emilbekovning postiga UFC’chimiz Mahmud Muradov javob yo’lladi:
«Assalomu alaykum! Men ushbu jangni Muradov Professional leagueda tashkil etishga tayyorman va narxni kelishib olamiz deb o’ylayman. Agar siz bizning ligamizda SHohasan Mirzamatov bilan jang qilishga tayyor bo’lsangiz va hamma narsani Insatgramda emas, balki rasmiy ravishda bajarish uchun imzo qo’ying. SHohasan ligamizning jangchisi va biz har doim hamma joyda va nima bo’lishidan qatiy nazar jangchilarimizni himoya qilamiz!»- deb yozdi Muradov.
SHundan so’ng qirg’izistonning «Mara Team Menejment» (MTM) jamoasi ”Mahmud Muradov ajoyib, men boshqa variantni taklif etaman: MLT va MTM jamosi 5 ga 5 jang qilsin. Xalqlar do’st bo’laversin”, – deya taklif berdi.
Mahmud esa bu taklifga ijobiy javob qaytardi:
«Har qanday jangchiga ligamizda jang qilish imkoniyatini berishimiz mumkin. Va biz ushbu 5/5 variantni ham ko’rib chiqishimiz mumkin».