Futbol

«MYU» 4 futbolchisidan voz kechdi

373

Britaniya OAVlari xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yozgi transfer mavsumida katta o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Aytilishicha, klub maoshidan 750 ming funt sterlingni qisqartirish uchun jamoaning to‘rt nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.

Klubni tark etadigan futbolchilardan biri yarim himoyachi Pol Pogba hisoblanadi. Fransuz yozda «qizil iblislar»ni tekinga tark etishi mumkin. Shuningdek, boshqa da’vogarlar orasida Xuan Mata, Edinson Kavani, Jessi Lingard ham bor.

Shuningdek, mankunianliklar to‘rt nafar yangi futbolchi bilan jamoani kuchaytirmoqchiligi haqida xabar berilgandi. 

Fikr bildirish