«PSJ» hujumchisi Neymarning fikricha, Kazemironing «Real»da yo‘qligi parijliklar uchun katta ustunlik bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real»ning 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sabab diskvalifikasiya qilingan.
«Real»da juda ko‘p ajoyib futbolchilar bor. Men Kazemironi o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshisi deb bilaman. Uning yo‘qligi klubning nozik nuqtasi. Ular Kazemiro bilan o‘ynashga o‘rganib qolgan, shuning uchun uning yo‘qligi biz uchun juda foydali», – deydi Neymar.
Kazemiro joriy mavsumda «qaymoqranglilar» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushgan.