«PSJ» yulduzi Neymar «Nyukasl» qiziqish doirasiga tushgan.
Ingliz klubi braziliyalikni o‘z safiga tortish uchun uning «PSJ»dagi bahsli shartnomasidan foydalanib qolmoqchi.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, «Nyukasl» rahbariyati dunyoga mashhur yulduzni o‘z safida ko‘rishni istayapti.
30 yoshli braziliyalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydi. Neymar joriy mavsum parijliklar safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.