Futbol

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

160



Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

“VAR uchun 14 daqiqa”. Toshkentda nimalar bo’ldi?

Teglar : 
“Bunyodkor”Coca Cola Superliga“Dinamo”
Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

"Qo’qon-1912" Yaypanda "Metallurg" ustidan zafar quchgan bo’lsa, "Dinamo" "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Hozir poytaxtdagi o’yin tafsilotlariga to’xtalamiz.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Bunyodkor

Umarali Rahmonaliyev – 83′, Avazbek O'lmasaliev – 90′

Superliga. 4-tur

31/03/2022, 19:00

1
:

2

Tugadi

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Dinamo

Sahob Rashidov – 16′

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.
			Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.
			45′
90′
15′  Jahongir O'rozov46′  Dilshod Jo’rayev (Odiljon Abdurahmonov)46′  Ibrohim Tomiva (Usmonali Ismonaliev)73′  Muzaffar Olimjonov (Husayin Ergashboev)73′  Jahongir O'rozov (Umidbek Sultonov)83′  Umarali Rahmonaliyev88′  Umarali Rahmonaliyev90′  Avazbek O'lmasaliev13′  Oybek Nurmatov16′  Sahob Rashidov16′  Ibrohim Yo'ldoshev64′  Abduzhamol Isroilov66′  Temur Ismoilov75′  Oybek Nurmatov (Saidullo Rahmatov)86′  Sahob Rashidov (Aleksandar Glishich)86′  Temur Ismoilov (To'lqin Ergashev)90′  ZHo'rabek Mannonov
Match-senterda ochish

Halol va qo’pol futbol

O’yindan oldin har 2 jamoa futbolchilari va hakamlar birgalikda suratga tushishdi. Ular barchani "Halol futbol" shiori ostida kelishilgan o’yinlarga qarshi kurashishga chorlashdi. O’zPFL bu yo’lda "Red Button" ilovasi yaxshi yordamchi bo’lishiga ishonmoqda.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Biroq, Rustam Lutfullinning start hushtagi yangrashi bilan birlik ham, do’stligu barobarlik ham unutilib, maydonda haqiqiy kurash boshlanib ketdi. Keyingi 90 daqiqa davomida 2 penalti, 9 ta sariq kartochka va 1 diskvalifikaciyaning guvohiga aylandik. 

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Dastlabki gol

O’tgan turda Superligadagi birinchi ochkosini qo’lga kiritgan Predrag Rogan shogirdlari bugun ilk bor raqib darvozasini ham ishg’ol qilishdi. "Dinamo"ning 4 turda urilgan yagona goli Sahob Rashidovning nomiga yozildi. 

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Samarqandliklarning elitadagi oxirgi goli Obidjon Hakimovning nomiga yozilgan edi (2019 yilning 30 noyabrida "Nasaf" darvozasiga urilgan).

Kichik nizo

Uchrashuvdagi eng qiziq vaziyat birinchi bo’limda sodir bo’ldi. Rustam Lutfullin VAR yordami bilan "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi. SHundan keyin maydondagi futbolchilar o’rtasida kichik nizo yuzaga keldi. Aniqrog’i, xuddi 3-turda bo’lgani kabi Ibrohim Tomiva hamda Dilshod Jo’raev yana o’zaro to’p talashib qolishdi. 

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Zarbani yana nigeriyalik forvard beradigan bo’ldi. Biroq, Tomiva bu gal 2 bor urinsa ham Miloe Prekovich darvozasiga yo’l topa olmadi. SHundan keyin tajribali Dilshod Jo’raev jamoadoshiga nisbatan keskin ohangdagi etirozlarini yashirib o’tirmadi.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

SHundan keyin har 2 futbolchini zaxiraga olgan Viktor Karpenko matbuot anjumanida bugun tushunmovchilik bo’lgani va bu holat jamoa ichida alohida ko’rib chiqilishini takidladi.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Maqsudov tribunada o’tirdi

Musobaqaning 2-turi doirasidagi "Qizilqum"ga qarshi o’yinda mobil aloqa vositasidan foydalangan "Bunyodkor" bosh murabbiyi O’FA Tartib-intizom qo’mitasi 2 ta o’yinga diskvalifikaciya qilingan edi. SHu tufayli bugun "qaldirg’ochlar"ni Viktor Karpenko maydonga boshlab chiqdi. SHuhrat Maqsudov esa o’yinni muxlislar orasidan kuzatishga majbur bo’ldi.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

VAR yoki vaqt haqida

Bosh hakam 90 daqiqa ichida 9 sariq, 1 qizil kartochka ko’rsatgani va 2 bor "Dinamo" darvozasiga penalti belgilagani to’g’risida aytdik. Ammo, Lutfullin bu qarorlarni qabul qilishi oson bo’lmadi. Uchrashuv davomida VAR tizimi 5 bor o’yinga aralashdi. SHu epizodlar umumlashtirilsa, jami 14 daqiqa vaqt VAR qarorini kutish bilan o’tdi. Aniqrog’i, birinchi bo’limda 5 daqiqa 30 soniya, tanaffusdan keyin esa 8,5 daqiqa to’xtalish bo’ldi (faqat VAR uchun)…

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

SHunday bo’lishiga qaramay, referi uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo’shib berdi. Eng qizig’i, bu vaqtning 1,5 daqiqasi "Bunyodkor" futbolchilarining gol nishonlashi bilan o’tib ketgan bo’lsa ham, yakunda "Dinamo" uchun konpensaciya qilinmadi…

Anana davom etdi

"Dinamo" O’zbekiston chempionatlari doirasida "Bunyodkor" bilan 23-marta to’qnash keldi. Etiborli jihati, ushbu klublar o’rtasidagi hech bir bahsda nursiz durang qayd etilmagan edi. Bugun ham anana buzilmadi. Muhtasham stadionga yig’ilgan 2000 ga yaqin muxlislar 1 emas, 3 ta golga guvoh bo’lishdi.

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

Doston Ibragimov qaerga g’oyib bo’ldi?

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish