Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich ushbu musobaqaning yarim finalida tarixiy natijaga erishdi. Serbiyalik tennis yulduzi ATP reytingida 10-o’rinni egallab turgan norvegiyalik Kasper Ruudni 6/4, 6/3 hisobida taslim etdi. Bu esa uning faoliyatidagi 1000-g’alabasi edi.
Tarixiy uchrashuv 103 daqiqa davom etgan. Bu vaqt davomida 35 yoshli Jokovich 1 ta, 23 yashar Ruud esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi – 3:0.