Boks/MMA

Nursulton Ro’ziboev Toshkentga qaytib keldi.

341

Bir necha kun avval Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan WEF Global turnirida g’alaba qozongan aka-uka Ro’ziboevlar hamda Kamoliddin Mamajonov bugun erta tongda Toshkentga qaytib keldi. Olamsport.com sayti ijodkorlari jangchilarni kutib olish jarayonida ishtirok etdi hamda ular bilan qisqa intervyular uyushtirdi. Quyida Nursulton Ro’ziboevning o’zgargan raqibi, nokdaunga tushib qolgan ukasi va keyingi jang haqidagi fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.

«Avvaliga braziliyalik Souz Silvaga qarshi oktagonga chiqishim kerak edi. Lekin u kela olmaganligi sababli jangdan 3-4 kun avval raqib o’zgardi. Pavel Basatskiyning janglarini ko’rib chiqdik. O’zimizga qulay bo’lganligi uchun bu raqibni qabul qildik.

Ukamning nokdaun holatiga tushib qolganligi? Bu juda tez sodir bo’ldi. Mashrabjon «stoyka»da ishlayotgan edi. Kurashga kir deb ko’rsatma bergunimizcha zarba o’tkazib yubordi. Lekin tezda o’ziga kelib oldi. O’sha vaqtda nimani his qilganimni hozir tasvirlab berolmayman. SHogirdlarimiz oktagonga chiqib kaltak esa, qanchalik kuyinamiz…Bu ukamiz, bunday vaziyatda aka uchun juda qiyin bo’ladi.

Nursulton Ro'ziboev Toshkentga qaytib keldi.
			Raqib tasdiqlanib, jang kuni yaqinlashgunga qadar bemalol bo’lasiz. Biroq o’sha kuni ukangizni urushtirgingiz ham kelmay qoladi. Bir-ikki marta kuchli raqib bilan jang qildirib adashdik. Endi, In SHaa Alloh, tayyorgarlikni kuchaytirib o’zi bilan teng darajali raqibga qarshi qo’yamiz.

Nursulton Ro'ziboev Toshkentga qaytib keldi.

Boksda yana jang qilamanmi? O’zi Ramazon oyida jang qilish niyatim yo’q edi. Lekin belgilab qo’yilgani uchun majbur bo’ldim. Keyingi jangim Ramazon oyidan keyin bo’ladi. Agar bu o’xshamasa, 3-4 oy o’quv-yig’in mashg’uloti uchun boshqa joyga ketishim kerak», – dedi «Black» Ro’ziboev.

Sarvinoz Raxmonqulova va Botir Tursunboev tayyorladi

Fikr bildirish