Boks/MMA

Og’ir vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Aleksandr Volkovning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili malum qilindi.

617

Unga ko’ra, Volkov 30 oktyabr kuni Abu-Dabida o’tkaziladigan UFC 267 turnirida oktagonga chiqadi. “Drago”ning raqibi polshalik Marchin Tibura bo’ladi. Hozirda Volkov og’ir vaznlilarning UFC reytingida 5, Marchin esa 8-o’rinni egallab turibdi.

Eslatib o’tamiz, 32 yoshli Aleksandr Volkov oxirgi jangini shu yilning iyun oyida franciyalik Siril Ganga ochkolar hisobiga ko’ra imkoniyatni boy berib qo’ygandi. 35 yoshli Marchin Tibura esa beshta g’alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda. Oxirgi ikkita jangida Greg Xardi va Uolt Xarrisni muddatidan avval taslim etgan.

Fikr bildirish