“Fikrimcha, Jon Jons MMAdagi eng kuchli zarba sohibi. Agar klassik kikboksing usulidagi zarba egasini so’rasangiz, men Siril Ganni aytgan bo’lardim. MMAda esa shubhasiz Jons eng kuchligi. Jonning tizza, tirsak va kik zarbalari juda kuchli hamda hafvli”, – dedi Ngannu.
Eslatib o’tamiz, Frensis 22 yanvar kuni Anaxaym shahrida o’tkaziladigan UFC 270 turnirida Siril Ganga qarshi oktagonga ko’tariladi. Agar u kamarini muvaffaqiyatli ximoya qilib olsa, keyingi jangini aynan Jon Jonsga qarshi o’tkazishi mumkin.