Boks/MMA

Olimpiya o’yinlarida -91 kg vaznda chempion nomiga aniqlik kiritildi.

216

Tokioda boks bahslari qizg’in pallasida. Bugun -91 kg vazn toifasida final jangi bo’lib o’tdi. Unda rossiyalik Muslim Gajimagomedov Kuba vakili Xulio Sezar la Krusga qarshi ringga chiqdi. To’qnashuv kubalikning 5:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. SHu tariqa, Kuba ushbu Olimpiadada boks bo’yicha uchinchi oltin medalini qo’lga kiritdi.

Bronza medallari braziliyalik Abner Teysheyra hamda Yangi Zellandiya vakili Devid Nikaga nasib qildi.

Olimpiya o'yinlarida -91 kg vaznda chempion nomiga aniqlik kiritildi.

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Sanjar Tursunov himoya qilgan edi. Bokschimiz ilk jangidayoq mag’lubiyatga uchrab, Tokio Olimpiadasi bilan xayrlashdi.

Fikr bildirish