Futbol

O’tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

186



O'tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

Eshitdik-da! “Nasaf” yana jarimaga tortildi

Teglar : 
Nasaf“Li Man”OFK Kubogi
O’tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

Ammo klub finalchi sifatida ishlab topgan mukofot pullarini jarimalarni to’lashga sarflaydigan ko’rinadi. 

Yangi yil arafasida “Nasaf”ning ilgari klubda ko’rikdan o’tgan franciyalik futbolchi Abdelae Diakite bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagani uchun FIFA transfer taqiqi belgilagan edi. Ushbu qarzdorlik hal etilmagunicha “ajdarlar” yangi o’yinchilar bilan shartnoma tuza olmasligi tayin. 

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to’laydi

Eshitishimizga qaraganda, “Nasaf” oldida yana bir muammo paydo bo’ldi. Yodingizda bo’lsa, o’tgan yili OFK kubogi doirasidagi Gonkongning “Li Man” jamoasiga qarshi o’yinda OFK uchrashuvga muxlislar kiritilishiga ruxsat bergan edi. Biroq pandemiya sabab karantin qoidalariga rioya etilishi talab etilardi. Ammo malum bo’lishicha, “Nasaf” o’sha uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya qilinishini taminlay olmagan. 

O'tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

Qo’shimcha ravishda, pandemiya davrida masofa saqlash nuqtayi-nazaridan ko’pincha jamoalarning zaxira futbolchilari odatdagi zaxira o’rindig’ida emas, balki uning ortidagi tribunalarda o’tkazilganiga guvoh bo’ldik. “Li Man” bilan o’yinda aslida faqat jamoa azolari o’tirishiga mo’ljallangan va zaxira futbolchilari joylashgan tribunaga tibbiy niqobsiz muxlislar ham kiritib yuborilgan. 

O'tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

Eshitishimizga ko’ra, xavfsizlik masalasiga etiborsiz bo’lgan “Nasaf” klubiga OFK jarima belgiladi.

Eshitdik-da! "Oq-tepa" va "Istiqlol" "kambek" qilmoqchi

Fikr bildirish