Boks/MMA

O’tgan hafta Qozog’istonning Almati shahrida o’tkazilgan Alash Pride promousheni turnirida g’alaba qozongan Nursulton Ro’ziboev (34-8-2) yana oktagonga ko’tariladi.

172

Hamyurtimiz 5 fevral kuni Rossiyaning Barnaul shahrida o’tkaziladigan Open FC turnirida rossiyalik Mixail Carevga qarshi jangda to’qnash keladi. “Titov Arena”da o’tkaziladigan ushbu jang chempionlik maqomida bo’ladi. 

Malumot uchun, Mixail Carev MMAdagi faoliyatida 32 g’alaba va 8 mag’lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangida 2020 yilning 10 oktyabr kuni o’tkazib, birinchi raunddayoq Sergey Martinovga texnik nokaut bilan yutqazgan.  

Ro’ziboev esa o’tgan hafta Qozog’istondagi turnirda armanistonlik Eduard Arustamyan (15-3)dan kamarini himoya qilgandi. Nursulton birinchi raundning o’zidayoq raqibini mag’lubiyatga uchratib, chempionlik unvonini o’zida saqlab qolgan edi.

Fikr bildirish