“Neytning janglarini yoqtiraman, uning uslubi yoqadi. Uning uslubi menikiga o’xshash, agar nima demoqchi bo’layotganimni tushunsangiz. U shunchaki, haqiqiy jangchi. Menga bunday odamlar yoqadi, tushunyapsizmi, bunday odamlar hurmatga loyiq”, – O’Nilning so’zlarini keltiradi Essentially Sports.
Neyt Diaz so’nggi jangini UFC 263 turniri doirasida britaniyalik Leon Edvardsga qarshi o’tkazgan edi, jangda britaniyalik jangchining qo’li baland kelgan. Neyt dastlab 2021 yil oxirigacha yana bir jang o’tkazishni rejalashtirgan edi, biroq promoushen unga Xamzat CHimaev bilan jang o’tkazishni taklif qilganidan keyin UFC bilan raqib borasida kelisha olmadi.
Avvalroq, Diaz Dastin Pore bilan ehtimoliy jang faoliyatidagi so’nggisi bo’lishi mumkinligini aytgan edi.