Xabaringiz bor, bir necha kundan so’ng Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo’yicha ayollar o’rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.
Terma jamoamiz azolari mashg’ulotlarning so’nggi bosqichini deyarli o’z yakuniga etkazishdi. Qizlarimiz 6 may kuni Istanbulga yo’l olishadi. SHu munosabat bilan bugun O’zbekiston boks federaciyasi rahbariyati terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O’zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o’rinbosari Saken Polatov ham ishtirok etdi va bokschilarimizga omad tiladi.
Yig’ilish davomida ayollar terma jamoasiga sardor tayinlandi. Unga ko’ra, terma jamoa azolari bir ovozdan tajribali Tursunoy Rahimovani sardor etib saylashdi. Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi bo’lgan Tursunoy bildirilgan ishonchga javoban, jamoadoshlarini o’z ortidan ergashtira olishi, JCHdan medal bilan qaytishi haqida gapirdi.
“Bo’lajak jahon chempionatida 10 ta vazn toifasida ishtirok etamiz. Avval ham aytib o’tganimizdek, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka katta etibor qaratilgan. JCHga tayyorgarlik ko’rishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Bundan mamnunmiz.
Hozirda holatimiz yaxshi deb hisoblayman. Kecha o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandim. Bu menga qo’shimcha masuliyat yuklaydi. Terma jamoa sardori sifatida shuni ayta olamanki, Xudo xohlasa jahon chempionatida o’zimizga bildirilgan ishonchni oqlab, O’zbekistonga tarixiy natija bilan qaytamiz”, – dedi Tursunoy Rahimova.