Mazkur turni 15 525 muxlis stadionning o’zidan tomosha qildi (o’tgan turga nisbatan 2 376 kishiga kamroq). Bu har o’yinda o’rtacha 2 218 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo’lganingizdek, eng ko’p ishqiboz Yaypan va Namangandagi o’yinlarda ishtirok etdi (5 127 nafardan). Eng yomon natija esa AGMK — "Mashal" o’yinida qayd etildi (208).
Malumot uchun, Toshkentda o’tkazilgan 2 o’yinni tomosha qilish uchun "Lokomotiv" va "Paxtakor" o’yingohiga 1 058 nafar muxlis tashrif buyurdi.
7 o’yinda jami 23 gol urildi (o’tgan turga nisbatan 7 taga ko’p). Bu har o’yinda o’rtacha 3,3 tadan gol degani. To’plarning 14 tasi mezbon, 9 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko’p gol "Qizilqum" va "Paxtakor" o’rtasidagi o’yinda urildi (6). Faqat 1 jamoa raqib darvozasini ishg’ol qilolmadi ("Metallurg").
Faqat 1 futbolchi xet-trikka erishdi. "Paxtakor" vakili Dragan CHeran Nesterov darvozasini 3 bor ishg’ol qildi.
22-turda referilar 39 marta (o’tgan turga nisbatan 13 ta ko’p) cho’ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo’lishdi (o’rtacha 5,6 tadan).
Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko’rsatildi — Xudoyshukur Sattorov ("Metallurg").
Faqat 3 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
22-turda faqat bir futbolchining nomiga avtogol yozildi — Ignatiy Nesterov ("Qizilqum").
Malumot uchun, keyingi tur bahslari 22 oktyabr kuni start oladi.