Teglar : Azizbek AmonovEron“Istiqlol”
O’zbekiston terma jamoasi azosi faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin.
"Lokomotiv" klubi futbolchisi Azizbek Amonov tez orada Eronning "Istiqlol" klubi azosiga aylanishi kutilmoqda.
Championat.asia saytiga malum bo’lishicha, klub va futbolchi kelishuvga erishishgan. Tez orada bu haqida rasman xabar berilishi kutilmoqda. "Istiqlol" Azizbek Amonov bilan anchadan beri muzokara olib borayotgan edi.
Agar Eronning "Istiqlol"i Amonov transferini ijobiy hal qilsa, jamoa ustozi Farhod Majidi Artur Yamga va Ryudi Jesteddan keyin o’zining uchinchi legioneriga ega bo’ladi.