Afsonaviy fransuz yarim himoyachisi Mishel Platini jahon miqyosidagi yulduzlar karyerasini yakunlash borasida to‘g‘ri vaqtlarni tanlashlari kerakligini aytdi.
«Ronaldu va Messiga bo‘lgan hurmatim baland. Ammo ular ertaroq karyerasini tugatishlari kerak edi. Men buni 35 yoshligimda amalga oshirganman. Ronaldu «Real Madrid»da, Messi esa «Barselona»da faoliyatini yakunlashi kerak edi. Men boshqa klubga o‘tmagan bo‘lardim. Yoki AQSH va Xitoyga ketardim», – dedi Platini.
Ma’lumot o‘rnida, Platini faoliyatini 35 yoshida yakunlagan. O‘z davrida u «Sent-Etyen» va «Yuventus»da o‘ynagan.