Yangierda "Mashal" klubi "Yangier" jamoasi mehmoni bo’ldi. Bahs taqdirini 82-daqiqada Behruz Sadilloev tomonidan urilgan gol hal qildi – 0:1.
Urganchda esa "Xorazm" "Andijon"ni ayab o’tirmadi. Birinchi taymda SHahzod Beshimov ikkita gol urgan bo’lsa, bahs so’nggida Sarvarbek Jumaniyozov yakuniy nuqtani qo’ydi – 3:0. Bugungi g’alabalardan keyin "Xorazm" va "Mashal"ning ochkolari 7taga etdi va aynan shu ikki klub musobaqa jadvalida qo’shpeshqadamlik qilishmoqda.