Futbol

«PSJ» navbatdagi yirik haridini amalga oshirishi mumkin

155

«Lasio» futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich yozda Italiya A seriyasini tark etishi mumkin. Bu haqda todofichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga «PSJ» klubi qiziqish bildirmoqda. Parijliklar «Chelsi» futbolchisi Ngola Kante borasida rad javobini olgandan so‘ng, bor e’tiborini serb futbolchiga qaratadi.

«Lasio» futbolchini sotishga qarshi emas. Ammo «burgutlar» Savich ortdan kamida 80 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Sergey joriy mavsum «Lasio» safida A seriyaning26 uchrashuvida maydonga tushib, 8 gol va 8 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikr bildirish