Futbol

Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

125

Qatar hukumati stadionlar qurish va infratuzilmani yaxshilash uchun juda katta mablag sarfladi.

Qatarning Rossiya Federasiyasidagi elchisi Shayx Ahmad bin Nosir bin Jasim Al Tani joriy xarajatlar 200 milliard AQSH dollarini tashkil qilganini aytdi.

“Bu miqdorga metro, stadionlar, aeroportlar, yangi shahar va port qurish xarajatlari kiradi. Biz turnir tashkil qilmoqchimiz. Biz Qatarni rivojlangan davlatga aylantirmoqchimiz, hamma narsada o‘rnak ko‘rsatmoqchimiz”, – deya TASS elchining so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati birinchi marta qishda o‘tkaziladi. Turnir 18 noyabrda boshlanadi va 18 dekabrgacha davom etadi.

Fikr bildirish