Futbol

Rangnik 3 futbolchini “Manchester Yunayted” safida o‘ynash uchun yetarli salohiyatga ega emasligini aytgan

167

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik yanvar oyi boshida klub rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hozirgi tarkibni tanqid qilgan, deya xabar beradi “90min” nashri jurnalisti Grem Beyli.

Unga ko‘ra, germaniyalik mutaxassi Garri Maguayr, Aaron Uan-Bissaka va Lyuk Shou kabi futbolchilar “qizil iblislar” safida o‘ynash uchun yetarli salohiyatga ega emasligini aytgan. Rangnikning fikricha, klub himoya chizig‘ida katta o‘zgarishlar qilishi kerak.

Mutaxassis rahbariyatga “Vulverxempton”ning 24 yoshli himoyachisi Maks Kilmanga etibor qaratishni tavsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikr bildirish