“Manchester Yunayted” jamoasi tarkibi 2022 yilning yanvar oyida bosh murabbiylikka Ralf Rangnik kelishi bilan o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, nemis mutaxassisi yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashdan avval bir nechta o‘yinchini sotib yuborishi kerak. Shu sababdan qishki transferlar vaqtida kam o‘yin amaliyotidan norozi bo‘layotgan yarim himoyachi Donni Van De Bek va darvozabon Din Xenderson klubni tark etishi mumkin.
Shuningdek, Jessi Lingard ham mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ni tark etishi kutilmoqda.