Futbol

Rangnik tan olishni istamayapti

169

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoasida so‘nggi paytlarda oldinga siljish yo‘q degan fikrga qo‘shilmadi. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, «Midlsbro» bilan o‘yin faqat natija nuqtai nazaridan omadsiz bo‘lgan.

«Manchester Yunayted»ga «katta ta’mirlash» kerakmi? Yo‘q, men bunday deb o‘ylamayman. Ha, so‘nggi o‘yinda qiyinchiliklarga duch keldik, lekin shu bilan birga mavsumdagi eng yaxshi hujumkor o‘yinimizni ko‘rsatdik. Amalga oshirish qiyin bo‘ldi, lekin uni tuzatish mumkin», – dedi Rangnik «Byornli»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Fikr bildirish