“Xetafe” “Real” hujumchisi Borxa Mayoralni mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijaraga oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
2020 yilning oktyabr oyidan buyon futbolchi “Roma”da ijara asosida o‘ynamoqda. Rimliklar ustozi Joze Mourinyo ispaniyalikni rejalariga kiritmagan, shuning uchun u mavsumni boshqa klubda yakunlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi ushbu mavsum rimliklar safida 5 uchrashuvda maydonga tushib, birorta harakatlari bilan ajralib turmagan.