Futbol

Rayola «Yuventus»ning 150 millionlik futbolchisini «Barselona»ga arzonroqqa sotmoqchi

388

«Barselona» vakillari «Yuventus» himoyachisining agenti Mino Rayola bilan Matteys de Ligt transferi bo‘yicha bog‘lanishdi, deb yozadi Todofichajes nashri. Manbaga ko‘ra, yaqin kelajakda «ko‘k-anorranglilar» Samuel Umtiti va Klement Langleni sotib yuboradi. Turin jamoasining gollandiyalik himoyachisi «Barselona» himoyani kuchaytirish uchun ajoyib variant deb ko‘rilmoqda.

Ikki futbolchining sotilishi de Ligtni sotib olish uchun kerakli summani topishga yordam bermaydi, biroq kataloniyaliklar Matteysni uzoq vaqt o‘z pozisiyasini yopa oladigan futbolchi sifatida ko‘rishadi.

«Yuventus»da gollandiyalik kerakli o‘yin amaliyotini olmayapti, shuning uchun u transferga rozi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, uning do‘sti Frenki de Yong «Barselona»da o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, de Ligt kelishuvida 150 million yevroga sotib olish bandi bor, biroq futbolchining agenti «Barselona»ni tinchlantirdi va «Yuventus» bilan arzonroq narx muhokama qilinishi mumkinligini aytdi.

Fikr bildirish